"Lion" rossiyalik futbolchi uchun 5 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

“Krasnodar” yarim himoyachisi Aleksandr Chernikov faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin. 23 yoshli futbolchining transferiga Frantsiyaning “Lion” klubi qiziqish bildirmoqda.
"Chempionat" nashri xabariga ko'ra, Liga 1 klubi rahbariyati futbolchining transferi uchun "Krasnodar"ga besh million evro taklif qilgan. "Buqalar", o'z navbatida futbolchini katta miqdorga sotishni xohlashmoqda. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Aleksandr "Krasnodar" klubi akademiyasi bitiruvchisi. Joriy mavsumda Chernikov jamoa tarkibida oltita o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

Bosh sahifaga
219