Tuxel "Bavariya"ga "Chelsi" himoyachini chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Myunxenning "Bavariya" klubi "Chelsi" himoyachisi Trevo Chalobani o'z safiga qo'shib olmoqchi, bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoq orqali ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, London klubida debyut qilgan futbolchining xizmatlariga shaxsan Myunxen jamoasi ustozi Tomas Tuxel qiziqmoqda. Qayd etilishicha, "Bavariya" futbolchini ijaraga olmasdan, sotib olmoqchi.
24 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 18 million evroga baholamoqda.
Bu mavsumda Chaloba maydonga tushmadi.

Bosh sahifaga
230