So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymar har kuni «Barselona» rahbariyatiga qo'ng'iroq qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7422
«PSJ» hujumchisi Neymar hamon «Barselona»ga qaytishni istamoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga tez-tez qo'ng'iroq qilib, o'zini "Barsa"ga qaytarishlarini so'ramoqda. Jamoadagilar esa bu transferni amalga oshirishning ehtimoli kam deb hisoblashmoqda. Neymarning "PSJ" bilan tuzgan shartnomasida 2019 yilda tovon puli amalda bo'lmaydi. 2020 yilda esa uni 160 million evroga sotib olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi 2013-2017 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilib, shundan so'ng 222 mln. evro evaziga «PSJ»ga o'tib ketgandi. Frantsiya chempionatining ushbu mavsumida u 12ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.