"Latsio" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Latsio”" yarim himoyachisi Markos Antonio Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin, deb xabar bermoqda BeIn Sports.
23 yoshli braziliyalik futbolchiga "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda, rimliklar uni "Marsel"dan Matteo Genduzining transferiga qo'shib yuborishga tayyor.
Gretsiyaning PAOK va Saudiya Arabistoni klubi ham Antonioga da'vogarlik qilmoqda.
Futbolchi o'tgan yozda "Shaxtyor"dan "Latsio"ga o'tgan edi. Mish-mishlarga ko'ra, "konchilar" 10 million evro ishlab olishlari kerak edi (shundan 2 tasi bonus sifatida berilgan).
Yangi jamoasida Antonio 22 uchrashuvda (766 daqiqa) 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
241