"Ayaks" o'z safiga gruziyalik futbolchini qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Frantsiyaning "Mets" klubi hujumchisi Jorj Mikautadze faoliyatini "Ayaks" safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
Insayderning so'zlariga ko'ra, ikki klub o'rtasidagi bo'lajak kelishuv muhokamasi yakuniy bosqichga etib borgan. Agar hammasi joyida bo'lsa, ertaga transfer rasman e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, gruziyalik yosh Frantsiya 2-ligasining so'nggi mavsumida yaxshi o'ynadi. U 23 ta gol urdi, shuningdek, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
243