London klubi bugun yangi transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Ayaks" yarim himoyachisi Muhammad Kudus "Vest Xem"ga o'tadi.
Futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va bugun uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Muhammad "Ayaks"da 2020 yilning yozi "Nordselland" klubidan 9 million evro evaziga ko'chib o'tgan.
Kudus o'tgan mavsumda 42 o'yinda 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu mavsum boshida u 3 ta o'yinda 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
231