Mourino Lukaku bilan muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Londonning "Chelsi" klubidan ijaraga olmoqchi bo'lgan Romelu Lukaku bilan gaplashdi. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis belgiyalik futbolchi bilan "Chelsi" va "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Mourino Lukaku bilan telefon orqali gaplashgan va uni "Roma"ga ijara asosida o'tishga ko'ndirgan. Rimliklar "Chelsi" bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan va Romeluning yiliga deyarli 20 million evro maoshini qoplashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning yozida Mourino Lukakuning "Chelsi"dan voz kechishi va "Everton"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishida muhim rol o'ynagandi.