Serbiyalik darvozabon "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
"Nyu-Inglend Revolyushn" jamoasida MLSda o'ynagan serbiyalik darvozabon Jorje Petrovich Londonning "Chelsi" jamoasiga o'tishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berishicha, futbolchi allaqachon Britaniya vizasini olgan va tibbiy ko'rikdan o'tgan. Yaqin orada Petrovich "ko'klar" bilan 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Potentsial kelishuv summasi taxminan 14 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Jorje Amerika klubiga 2022 yilda qo'shilgan. O'tgan mavsum yakunida Petrovich MLSdagi eng yaxshi darvozabon uchun kurashda ikkinchi o'rinni egalladi.