Rasman! "Chelsi" yangi xaridni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Yarim himoyachi Romeo Lavia Londonning "Chelsi" klubiga o'tdi va klub bilan 7 yillik shartnoma imzoladi.
19 yoshli belgiyalik futbolchining transferi bonuslar bilan birga 68 million evroga tushdi.
Laviyaga shu yozda "Liverpul" ham qiziqish bildirgandi, biroq "mersisaydliklar" "Sautgempton" bilan transfer summasi borasida muzokaralar olib borayotgan bir paytda "Chelsi" tezda kelishuvni buzdi va "avliyolar"ning moliyaviy talablarini qondirdi.
"Chelsi" o'tgan yozda ham Laviyani sotib olmoqchi edi, biroq futbolchi "Sautgempton" bilan endigina shartnoma imzolagani uchun klubi uni hatto 50 million evroga sotishdan bosh tortgandi.

Bosh sahifaga
264