"Bavariya" Pavarning narxini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Myunxenning “Bavariya” klubi joriy transfer oynasida himoyachi Benjamin Pavar bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Bundesliga chempioni frantsiyalik futbolchi uchun 40 million evro taklif qilsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Benjamin myunxenliklar safida 2019 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Himoyachi 163 uchrashuvda qatnashib, 12 gol va 12 golga assistentlik qilgan.
Avvalroq Pavarga Milanning "Inter" klubidan qiziqish bo'layotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Bosh sahifaga
254