"Yuventus" o'z hujumchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Turinning "Yuventus" klubi o'z hujumchisi Moyze Kin bilan xayrlashishga rozi bo'lgan shartlarni e'lon qildi. Insayder Romeo Agrestaning fikricha, “keksa sinora” italiyalik futbolchini 35-40 million evroga sotadi.
Avvalroq, "Milan" Kinni transfer qilish taklifi bilan "Yuventus"ga murojaat qilgandi. "Rossonerlar" Moyzeni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi edi, biroq Massimiliano Allegri jamoasi tezda rad javobini berdi. "Keksa sinora" Kin bilan faqat doimiy ravishda xayrlashishni ko'rib chiqadi.
O'tgan mavsumda Moyze Italiya A Seriyasida 6 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
264