"Liverpul" "Vulverxempton" yarim himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

“Liverpul” “Vulverxempton” yarim himoyachisi Mario Leminaning transferini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Footmercato nashri xabariga ko'ra, "mersisaydliklar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp gabonlik futbolchini o'z jamoasida ko'rishni juda xohlaydi.
"Liverpul" ayni damda markaziy yarim himoya chizig'ida kuchli o'yinchilar etishmasligini boshdan kechirmoqda, Lemina esa Kloppning fikricha, bu pozitsiyani mustahkamlay oladigan futbolchi.
Lemina avvalroq Angliya Premer-ligasida "Sautgempton" tarkibida o'ynagan. Transmarkt portali yarim himoyachini 10 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
264