"Aston Villa" va "Fulxem" bir jahon chempioniga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Aston Villa" himoyachi sotib olish borasida harakat boshladi. Xabarlarga ko'ra, Birmingem klubi "Sevilya" yulduzi Gonsalo Montielga qiziqish bildirmoqda.
Unai Emeri Argentina terma jamoasi a'zosini o'z tarkibida ko'rishni istaydi. Andalusiyaliklar Montiel uchun ijara taklifini qabul qilmaydi. Ular futbolchidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi. Argentinalik jahon chempioni uchun "Fulxem" ham qiziqish bildirgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
216