Rasman! "Yangi Ronaldu" «Atletiko Madrid» futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1081

"Atletiko" "Benfika" hujumchisi Joao Felish transferini e'lon qildi.
Futbolchining transfer qiymati 126 mln evroni tashkil qildi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik hujumchi yangi jamoasida yiliga 6 mln evro oladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Felish "Benfika" safida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 11 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Shuningdek, Felish Portugaliya terma jamoasi safida 1 ta o'yinda maydonga tushgan.

Bosh sahifaga
274