"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Bavariya" yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni o'z safiga qo'shib olishga da'vo qilmoqda.
Footmercato nashrining xabariga ko'ra, futbolchiga Angliya klublari yana qiziqish bildirishni boshlagan.
Hozircha rasmiy taklif yo'q, ammo futbolchi transfer amalga oshadigan bo'lsa, "MYu"ga o'tishni afzal ko'radi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Chayon zarbasi" muallifi Rene Igita odam o‘g‘irlashda ayblanib, qamoqqa tushgan. Aslida u do‘stining ayolini garovdan qutqarishda asosiy rolni bajargan. Ya’ni vositachi bo‘lib, 64 ming dollar miqdorida mukofot olgan. Bu Kolumbiya qonunlariga ziddir. Butun mamlakatda uning yonini olganlar ko‘p bo‘ldi. Igita esa o‘zini oqlash uchun qamoqxonada ochlik e’lon qiladi. Oqibatda ozodlikka chiqariladi.