Kasorla Segunda klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Mashhur ispaniyalik yarim himoyachi Santa Kasorla o'z faoliyatini Ispaniyaning ikkinchi kuchli divizioni vakili - "Real Ovedo" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda uning yangi jamoasi matbuot xizmati rasman ma'lum qildi.
38 yoshli futbolchi erkin agentga aylandi va klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Kasorla shu yozda Qatarning "As-Sadd" jamoasini tark etgandi. Ispaniyalik futbolchi so'nggi uch yil davomida uning tarkibida o'ynadi. Avvalroq u Londonning “Arsenal”, “Vilyarreal”, “Malaga” klublari futbolchisi sifatida tanilgan, bir necha bor Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan.
Eslatib o'tamiz, Kasorla o'zining o'smirlik yillarida – 1996 yildan 2003 yilgacha "Real Ovedo" klubi akademiyasida o'ynagan. 17 yoshida u "Vilyarreal"ga ko'chib o'tdi va u erda professional faoliyati boshlandi.

Bosh sahifaga
231