Neymar Verrattini "Al-Hilol"ga chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Al-Hilol"ning yangi futbolchisi Neymar "PSJ"dagi sobiq jamoadoshi Marko Verrattani ko'ndirib, Saudiya chempionatida ham birga o'ynashni taklif qilmoqda, deya xabar bermoqda RMC Sport nashri.
30 yoshli futbolchiga rasmiy taklif allaqachon tushgan. Avvalroq, "Al-Hilol" yarim himoyachi uchun 45 million evro to'lashga tayyor, "PSJ" esa yana 5-15 million evro talab qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Verratti parijliklar safida 2012 yilda "Peskara"dan ko'chib o'tganidan beri o'ynab kelmoqda.
Jamoa bilan birga 9 marta Frantsiya chempioni bo'lgan, 6 marta Frantsiya kubogi va liga kubogi, shuningdek, 9 marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Bosh sahifaga
233