"Real" Beylni Pogbaga almashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1424

Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" a'zosi Pol Pogbani qo'lga kiritishning yangi yo'lini topdi, deb yozadi "Marca".
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchi uchun ma'lum miqdorda pul va Garet Beylni taklif qilishi mumkin. Ammo muammo shundaki, Beyl yozda "Real"dan ketishni istamayapti.
Ta'kidlash kerakki, transfer bozorida Pogba 100, Beyl esa 60 mln evroga narxlangan.

Bosh sahifaga
282