"Liverpul" 30 million funtlik yarim himoyachiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Liverpul" yarim himoyachi xarid qilishi kerak. Xabarlarga ko'ra, mersisayd klubi "Lill" futbolchisi Karlos Balebaga qiziqish bildirmoqda. 19 yoshli yarim himoyachi ayni damda 30 million funtga baholangan.
Baleba uchun "Brayton" ham da'vogar sanaladi. Avvalroq "chag'alaylar" futbolchi uchun 17 million evro taklif etgan edi. Bu taklif yana 3 million evrolik bonuslar paketini ham o'z ichiga olgan. Barebaning jamoasi bilan tuzgan bitimi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
237