Rasman! London klubi yangi xaridni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Vest Xem" «Sautgempton» sardori Jeyms Uord-Prouzni 30 million funt sterlingga sotib olganini elon qildi.
Uord-Prouz "Vest Xem" bilan 2027 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi va David Moyes jamoasida 7-raqam ostida o'ynaydi.
28 yoshli angliyalik futbolchi Edson Alvaresdan keyin "Vest Xem"ning ushbu transfer oynasida ikkinchi yangi futbolchisiga aylandi va "bolg'achilar"ga "Arsenal"ga sotilgan Deklan Raysni o'rnini to'ldirishga yordam beradi.
Uord-Prouz "Sautgempton" safida Premer-ligada 343 ta o'yin o'tkazgan. Jeyms shuningdek, "Vest Xem"ga penalti tepish va etakchilik fazilatlarini ham taklif qila oladi.
Uord-Prouzning "Vest Xem"dagi debyuti kelasi yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi derbiga rejalashtirilgan.
"Menda darhol jamoaga qo'shilish hissi bor va men bu erda bo'lganimda ushbu futbol klubi uchun bor kuchimni sinab ko'rishga va'da bera olaman" - dedi himoyachi.

Bosh sahifaga
240