Manba: Sanshesh "Roma" futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"PSJ"ning markaziy yarim himoyachisi Renatu Sanshesh "Roma" safiga qo'shildi, bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi 15 million evroga sotib olish huquqi bilan joriy mavsum oxirigacha ijara asosida Rim klubi safiga qo'shilgan. Agar portugaliyalik futbolchi barcha turnirlardagi o'yinlarning 60 foizida ishtirok etsa, sotib olish majburiy bo'ladi.
Sansheshning "PSJ" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 15 million evroga baholamoqda.
Sanshesh avvalroq “Benfika”, “Bavariya”, “Suonsi” va “Lill” klublarida o'ynagan.

Bosh sahifaga
278