Italiya klubi ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Marsel" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyga yangi da'vogar paydo bo'ldi, deya xabar bermoqda Foot Mercato nashri.
Italiyaning "Montsa" klubi ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchini “Torino”, “Jenoa”, “Bolonya” va “Beshiktosh” ham kuzatib bormoqda. Frantsiya klubi rahbariyati futbolchiga qiziqish bildirgani uchun uning narxini 12-13 million evrogacha oshirishi mumkin.
Biroq, Malinovskiyning narxi yuqori bo'lgani uchun "Torino" boshqa nomzodlarni hozirdanoq ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda "Montsa" A Seriyada 11-o'rinni egalladi.

Bosh sahifaga
240