"Chelsi" nima uchun Neymarning transferidan voz kechgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Insayder Fabritsio Romano "PSJ" hujumchisi Neymarning "Chelsi"ga transferi nima uchun amalga oshmaganini aytdi.
London klubi haqiqatdan ham 31 yoshli braziliyalikning transferini muhokama qildi. May oyining oxiri - iyun oyining boshida parijliklar londonliklarga futbolchi sotib olishni taklif qilishdi, biroq "Chelsi"da ular katta mablag' yo'naltirilgan o'zlarining mavjud futbolchilarini himoya qilishga qaror qilishdi.
Shu boisdan ham iyul va avgust oylarida klublar o'rtasida jiddiy muzokaralar bo'lmagan.
Oldinroq Neymar deyarli 100 million evro evaziga "Al-Hilol"ga o'tishi xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
284