"Bavariya" "MYu"dan 45-50 million evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi, deya xabar bermoqda Bild nashri.
Frantsiyalik futbolchi Xasan Salixamidjich davrida shartnoma tuzganida, futbolchini yozda qo'yib yuborishi mumkin edi. Biroq Salixamidjich endi "Bavariya" sport direktori lavozimidan ketgan. Myunxenliklar Pavarni sotishga tayyor emas, chunki ular "Manchester Siti" futbolchisi Kayl Uokerni qo'lga kirita olmagan.
"MYu" Benjamin uchun "Bavariya"ga 29 million evro berishga tayyor, ammo Myunxen klubi bu transfer uchun taxminan 45-50 million evro olishga intilmoqda. Muzokaralar shu hafta davom etadi. Hozir "MYu" Garri Maguayrni "Vest Xem"ga sotish ilinjida.
Pavar "Bavariya"da 2019 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda, o'shanda u "Shtutgart"dan 35 million evroga sotib olingandi. O'tgan mavsumda u 43ta o'yinda 7ta gol urdi va 1ta golni taqdim etdi.

Bosh sahifaga
283