Lingard Fayzullaevning jamoadoshiga aylanadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard TsSKA klubiga o'tmaydi.
6 avgust kuni TsSKA angliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. Bugun armiya klubining aloqa bo'yicha direktori Kirill Breydo transfer amalga oshmasligini ma'lum qildi.
"Jessi Lingard TsSKAga o'tadimi? Qiyin. Balki bu masalani yopiq deb hisoblash mumkin" - dedi Breydo.
Iyun boshida Lingard "Nottingem Forest"ni tark etdi va endi erkin agentga aylandi.

Bosh sahifaga
272