Mourino "Roma"ga "PSJ"ning ikki futbolchisini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"PSJ" jamoasining ikki futbolchisi "Roma"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Corriere dello Sport nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachilar Leandro Paredes va Renatu Sanshesh Rim klubiga o'tishi mumkin. Argentinalik futbolchi Turkiyaning “Galatasaroy” klubi taklifiga qaramay, Italiyaga qaytishga qarshi emas. O'z navbatida Sanshesh "Roma"ga 12 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga o'tishga yaqin turibdi.
Rim jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarga umid qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis yaqin kunlarda Leandro va Renatuning transferlari ko'rib chiqilishiga umid qilmoqda.