"Yuventus" Kostich bilan xayrlashishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Turinning "Yuventus" klubi chap qanot himoyachisi Filip Kostich bilan xayrlashishga qaror qildi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" 30 yoshli serbiyalik futbolchini transferga qo'ygan.
Qayd etilishicha, hujumchi Federiko Keza dastlab jamoani tark etishi kerak edi, biroq italiyalik futbolchi jamoada qolishga qaror qilgan. "Yuventus"ga sotuv kerak va klub Kostichni tanlashga qaror qildi.
Filip Turin jamoasiga o'tgan yilning yozida Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan o'tgan edi. Kostich Italiya chempionatida 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.