Muammo hal bo'ldi - Keyn Germaniyaga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn bugun tushdan keyin Germaniyaga etib bordi. Daily Mail nashri xabariga ko'ra, futbolchining Londondan ketishi kechikib qolgan muammo amalda hal bo'ldi.
Avvalroq matbuotda "Bavariya" va "Tottenxem" Keynning transferi bo'yicha 100 million evroga kelishib olgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Mablag' bonus to'lovlari orqali 120 million evrogacha ko'tarilishi mumkin.
Xarri Keyn endigina 30 yoshga to'ldi va faoliyati davomida "Tottenxem"da o'ynadi.
Qo'shimcha qilamizki, 12 avgust kuni "Bavariya" Germaniya Superkubogi uchun "Leyptsig" bilan o'ynaydi.