"Inter" "Arsenal" futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Londonning "Arsenal" klubiga tegishli bo'lgan 22 yoshli hujumchi Folarin Balogun "Inter"ga o'tmaydi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "neradzurrilar" rahbariyati "kanonirlar"ning yuqori talablari tufayli muzokara o'tkazishdan bosh tortgan. Londonliklar Balogunning sotuvidan kamida 50 million evro olmoqchi, italiyaliklar esa 35 million to'lashga tayyor.
O'tgan mavsumda hujumchi Frantsiyaning “Reyms” jamoasida ijara asosida o'ynagandi. Balogun Liga 1da 37 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol (6 ta penaltidan) va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
211