"Milan"ning sobiq darvozaboni Saudiyaga ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Milan"ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida bo'lgan 37 yoshli ruminiyalik darvozabon Chiprian Tatarushanu Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tdi.
Tajribali futbolchining yangi klubi - "Abha" bo'ldi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan.
Chiprian Tatarushanu "Milan"da 2020 yildan beri o'ynab kelayotgandi. Evropada darvozabon "Lion", "Nant", "Fiorentina" va Ruminiyaning bir qancha klublarida o'ynagani bilan ham tanilgan.
Ruminiya terma jamoasi tarkibida darvozabon 73 ta o'yin o'tkazib, 69 ta gol o'tkazib yuborgan.

Bosh sahifaga
204