Rasman! "Napoli" shvetsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Shvetsiyalik yarim himoyachi Yens Kayuste Frantsiyaning "Reyms" jamoasidan "Napoli" jamoasiga qo'shildi. Bu haqda neapolliklar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berildi. Transfer tafsilotlari oshkor etilmagan.
24 yoshli Yens Kayuste 2022 yilning yanvaridan 2023 yilning avgustigacha Frantsiyaning “Reyms” jamoasida o'ynagan. U jamoa safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yarim himoyachining xaridi "Napoli"ga 12 million evroga tushgan deb ma'lumot bermoqda.
Italiya chempionatining yangi mavsumining 1-turida “Napoli” “Frozinone” bilan uchrashadi. O'yin 19 avgust kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Bosh sahifaga
174