"Lids" futbolchisi "Everton"ga o'tishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Everton" yangi hujumchi sotib olishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko'ra, "Lids Yunayted" vingeri Vilfrid Nonto klub rahbariyatiga jamoadan ketib, "Everton"ga o'tishni istashini bildirgan.
19 yoshli futbolchi jamoasining 9 avgust kungi bahsini o'tkazib yuborgan edi. Nonto hisobida o'tgan mavsumda 4 ta gol va 4 ta assist bor edi. U ayni damda 20 million evroga baholanmoqda.
Manba: caughtoffside.com