"Tottenxem" Keyn o'rniga kimni olib kelmoqchi ekani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Tottenxem" Xarri Keyn o'rnini kim bilan to'ldirishni biladi. Xabarlarga ko'ra, London klubi o'z hujumchisini "Bavariya"ga sotsa, uning o'rniga "Gent" futbolchisi Gift Orbanni xarid qiladi. 21 yoshli nigeriyalik hujumchi o'tgan mavsumni fantastik o'tkazib, 24 ta bahsda 22 ta golga mualliflik qilgan edi.
U Konferensiyalar ligasida porlagan. "Tottenxem" allaqachon Orbanning vakillari bilan bog'langan. Avvalroq Xarri Keyn 100 million evro evaziga "Bavariya"ga yo'l olishi haqida xabar qilingandi.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
172