"Arsenal" ikkita futbolchisini "Inter"ga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Arsenal"ga yana yarim himoyachi kerak. Xabarlarga ko'ra, London klubi o'z hujumchisi Folarin Balogun va himoyachi Takexiro Tomiyasuni "Inter"ga taklif etib, o'rniga Nikolo Barellani so'ragan.
Mikel Arteta APL va EChLda jiddiy da'vogarga aylanishni ko'zlamoqda. Shu sababli tarkibni yanada kuchaytirib olishni maqsad qilgan. Barella o'tgan mavsumda jami 52 ta o'yinda 10 ta assist va 9 ta golga mualliflik qilgan edi.
Manba: bbc.com