"Shaxtyor" futbolchisi "Galatasaroy" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Shaxtyor"ning braziliyalik vingeri Tete "Galatasaroy" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Braziliyalik futbolchi turk klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning maoshi mavsumiga 2,5 million evroni tashkil qiladi.
Qo'shimcha qilish kerakki, Tete uch yil davomida "Shaxtyor"da o'ynagan. Urush boshlanganidan so'ng braziliyalik futbolchi "Lion" va "Lester"da ijara asosida o'ynadi. Uning Donetsk klubi bilan shartnomasi 2023 yil oxirigacha mo'ljallangan. "Shaxtyor" Tete uchun tovon puli oladimi yoki yo'qmi hozircha noma'lum.