Angliyalik yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Beshiktosh" bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni yakunlash uchun Turkiyaga etib keldi, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida angliyalik futbolchi 6 yil o'ynagan "Liverpul"ni tark etgan edi. Bu vaqt ichida u 157 uchrashuvda 19 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Oksleyd-Chemberlen qishki transfer oynasida "Brayton"ga o'tishi mumkin edi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Italiya terma jamoasi eng uzoq chempionlikni o‘zida saqlab turgan jamoa hisoblanadi. 1934 va 1938-yillarda jahon chempioni bo‘lgan bo‘lsa, 1942 va 1946
yillarda ikkinchi jahon urushi sababli turnir o‘tkazilmagan.