"Vest Xem" "Ayaks" futbolchisi bilan kelishib oldi, endi amsterdamliklar rozi bo'lishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvares "Vest Xem"ga o'tishga qarshi emas.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "bolg'achilar" 25 yoshli meksikalik futbolchi bilan shartnoma bo'yicha kelishib olishgan va endi Amsterdam klubi bilan kelishib olishlari kerak.
Iyun oyida "Ayaks" Alvares uchun Dortmundning "Borussiya" jamoasidan 40 million evro talab qilgandi.
Avvalroq, "Vest Xem" Alvares borasida "Ayaks"ga rasmiy taklif yuborgani haqida xabar tarqalgandi.

Bosh sahifaga
470