"MYu" Fredning o'rnini kim bilan to'ldirmoqchi ekani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati Fredni sotib, uning o'rnini "Bavariya" futbolchisi Leon Goretska bilan to'ldirishni niyat qilgan.
28 yoshli yarim himoyachi ancha vaqtdan beri "MYu" radarida turgan edi. Germaniya terma jamoasi a'zosi yangi mavsum uchun Tomas Tuxel rejalariga kirmagan. Shu sabab yangi klubga o'tishga tayyor ekanini bildirgan. Goretska uchun "Vest Xem" ham qiziqish bildirgan edi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
450