Agar "Chelsi" Gallaxerni sotsa, o'rniga ikkita futbolchi oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Londonning "Chelsi" klubi avvalroq "Vest Xem" qiziqish bildirgan yarim himoyachisi Konor Gallagerni sotishi mumkin.
Jurnalist Nizar Kinsellaning so'zlariga ko'ra, "ko'klar" Gallaxerni transfer oynasi tugaguncha sotsa, ikkita yangi yarim himoyachi sotib oladi.
Manbaning ta'kidlashicha, "Chelsi"ning ro'yxatidan "Lids" futbolchisi Tayler Adams, "Everton" a'zosi Amadu Onana, "Selta" yarim himoyachisi Gabri Veyga va "Ayaks" hujumchisi Edson Alvares kabi futbolchilar bor. "Brayton" futbolchisi Moyses Kaycedo esa eng asosiy variant.
Avvalroq, "Chelsi" Gallaxer uchun 58 million evro olmoqchi ekani, hozircha hech bir qiziquvchi klub uni to'lashga tayyor emasligi xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
451