Sanches "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Brayton" darvozaboni Robert Sanches "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, tez orada ispaniyalik darvozabon “ko'klar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kerak.
Avval xabar qilinganidek, kelishuv taxminan 23 million evroni tashkil qiladi. Agar Sanches ma'lum maqsadlarga erishsa, "Brayton" 6 million evro ko'proq bonus oladi.
Robert o'tgan mavsumda bosh murabbiy Roberto de Zerbi bilan mojaro tufayli "Brayton"ning asosiy tarkibidagi barqaror o'rnini yo'qotdi. "Chakaylar" 25 yoshli ispaniyalik posbonga foydali taklif tushgach, uni hech qanday muammosiz sotishadi.

Bosh sahifaga
462