Dembele "PSJ" uchun qachon tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"PSJ" "Barselona" hujumchisi Usmon Dembeleni tibbiy ko'rikdan o'tkazish uchun muddat belgiladi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi bugun Parijga kelishi va shu kunning o'zida tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Usmon avvalroq “Barselona”ni tark etishga qaror qilgan edi. "PSJ" 50 million evro tovon puli to'laydi, bu pulning yarmi "ko'k-anorranglilar" bilan tuzilgan shartnomaga asosan Dembelening o'ziga ketadi.
Dembele avvalroq “Barselona” rahbariyatiga pul tufayli emas, o'ziga nisbatan yomon munosabatda bo'lgani uchun ketayotganini aytgan edi. "PSJ" ayni damda "Benfika" hujumchisi Gosnalu Ramush bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Bosh sahifaga
469