"Lill" Devid bo'yicha Saudiya Arabistonidan tushgan taklifga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Frantsiyaning "Lill" klubi kanadalik hujumchi Jonatan Devidning Saudiya Arabistoniga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi.
Getfootballnewsfrance nashri xabariga ko'ra, Liga 1 klubi vakillari bu xabarni rad etishgan. Jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonseka futbolchiga ishonishini va uni jamoada olib qolishni istashini ta'kidladi.
Shu bilan birga, agar Jonatanning transferi uchun 60 million evrodan ko'proq taklif qilinsa, "Lill" muzokaralarni boshlashi mumkin.
Frantsiya chempionatining so'nggi mavsumida Devid 37 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
470