"Bavariya" Rayyani ko'ndirishga harakat qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

Myunxenning "Bavariya" klubi "Brentford" darvozaboni David Rayya bilan yozgi transfer borasida kelishuvga erishmoqchi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik posbon Londonning "Arsenal" klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Insayder Sem Dinning so'zlariga ko'ra, Rayya "Bavariya"ning tez orada "Inter"ga o'tishi kerak bo'lgan Yann Zommer o'rniga birinchi tanlovdir. Ispaniyalik posbon taxminan 40 million evroga baholanmoqda. "Bavariya" narxlarni pasaytirishga umid qilmoqda, biroq avval klub "Brentford" bilan muzokara olib borishi kerak.
Rayya bu yozda "Brentford"ni tark etmoqchi, bu haqda rahbariyatga ma'lum qilgan. "Arsenal" uni Aaron Ramsdeyl bilan raqobatlashish uchun sotib olmoqchi.

Bosh sahifaga
462