"Sautgempton" himoyachisi "Nyukasl"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Sautgempton" himoyachisi Valentino Livramento "Nyukasl"ga 50 million evro evaziga o'tadi, deya xabar bermoqda The Athletic nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar iyun oyida boshlangan va uning avvalgi klubi Londonning "Chelsi" jamoasiga etarlicha katta tovon puli to'lash zarurligi tufayli murakkablashgan.
20 yoshli futbolchi 2021 yilda "Sautgempton" bilan 5,9 million evro evaziga shartnoma imzolagan edi. Valentino "avliyolar" safidagi ilk mavsumida barcha turnirlarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Chelsi" tarbiyalanuvchisi 2022 yilning aprel oyida tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli deyarli butun o'tgan mavsumni o'tkazib yubordi. 2022/2023 yilgi mavsumda Valentino Livramento atigi ikki marta maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
259