"Manchester Siti" "Kristal Pelas" hujumchisining tovon pulini to'lab bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Manchester Siti" tez orada hujumchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" "Kristal Pelas" vinger Maykl Olisega kuchli qiziqish bildirmoqda. Pep Gvardiola jamoasi 23 yoshli futbolchining tovon pulini to'lab berish niyatida ekanini bildirgan.
Frantsiya yoshlar terma jamoasi a'zosining qiymati esa 40 million evroni tashkil etadi. U "Manchester Siti"da Riyad Maxrez o'rnini egallashi kutilmoqda. Maxrez o'tgan oy oxirida 35 million evro evaziga "Al-Ahli"ga yo'l olgandi.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
263