"MYu" darvozaboni jamoani tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Manchester Yunayted" futbolchisi Chempionshipga yo'l oldi. Xabarlarga ko'ra, jamoa darvozaboni Natan Bishop "Sanderlend"ga doimiy shartnoma bilan yo'l olgan. Bu haqida har ikki klub rasmiy saytida xabar berildi.
23 yoshli futbolchining transfer qiymati ma'lum qilinmagan. Bishop 3 yillik bitimga imzo chekkan. Avvalroq "MYu" Din Xenderson borasida "Nottingem" bilan muzokara o'tkazayotgani haqida xabar qilingan edi.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
284