"Manchester Siti" va "Leyptsig" Gvardiol borasida kelishuvga erishdi. Bu rekord transfer bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Manchester Siti" va "Leyptsig" xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klublar 21 yoshli Gvardiolning transferi bo'yicha 90 million evroga kelishib olgan. Shu tariqa, bu transfer himoya chizig'i futbolchisi uchun rekord bo'ladi. Ayni damda tarixdagi eng qimmat himoyachi Garri Maguayr bo'lib qolmoqda. Bir necha yil avval "MYu" uning uchun 87 million evro to'lagandi.
Qayd etilishicha, Yoshko Gvardiolning "Manchester Siti"ga o'tishi rasman yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Bosh sahifaga
205