"Napoli" "Shaxtyor" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

CalcioNapoli24 nashrining xabariga ko'ra, "Napoli" yozda qanot yarim himoyasi uchun yangi o'yinchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Klubning qisqa ro'yxatida huquqiy jihatdan Donetskning "Shaxtyor" klubiga tegishli bo'lgan Tete ham bor. 23 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasi 31 dekabrda tugaydi, u bilan dastlabki kelishuvga erishish yoki FIFA qoidalaridan foydalanish mumkin.
Tete o'tgan mavsumni "Lion" va "Lester"da ijara asosida o'tkazdi.
"Shaxtyor" futbolchini 2019 yilning qishida "Gremio"dan 15 million evro evaziga sotib olgandi. Jamoa tarkibida u 108ta o'yin o'tkazib, 31ta gol urgan va 15ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
207