"Atalanta" bu hujumchi uchun "Inter"ga raqib bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Atalanta" "Vest Xem" va Italiya terma jamoasi hujumchisi Janluka Skamakkaga qiziqish bildirmoqda. Bergamo klubi futbolchi uchun 30 million evro taklif qilmoqda.
Oldinroq London klubi "Inter" taklifini rad etgandi. Qayd etilishicha, italiyalik futbolchining o'zi "neradzurrilar" safiga o'tishni xohlamoqda.
O'tgan mavsumda Skamakka barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali 24 yoshli hujumchini 22 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
216