"Aston Villa" "Real" futbolchisiga taklif tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Aston Villa"ning nishonida turibdi. Birmingham Live nashri xabariga ko'ra, Premer-liga klubi 26 yoshli futbolchining transferi uchun 15 million evrolik taklif tayyorlamoqda.
Avvalroq, 2019 2021 yillarda Dani Sebalos ikki mavsumni Angliyada Londonning "Arsenal" jamoasi tarkibida o'tkazgan.
Aytish joizki, “Aston Villa” so'nggi Angliya chempionatida ettinchi o'rinni egallab, evrokuboklarga yo'llanma oldi. Unai Emeri shogirdlari Konferentsiyalar ligasidagi safarini avgust oyi oxirida o'tkaziladigan pley-off bosqichidan boshlaydi.

Bosh sahifaga
206